Abstract
Ushbu maqolada lisoniy diskriminatsiyaning irqiy ko‘rinishlari hamda tilning irqiy stereotip va mafkuralarni shakllantirishdagi o‘rni tahlil qilinadi. Afro-amerikaliklarga nisbatan qo‘llanilgan kamsituvchi lisoniy birliklar, ularning tarixiy taraqqiyoti va semantik o‘zgarishlari yoritiladi. Shuningdek, Afro-amerika ingliz tilining (AAE) shakllanishi, unga nisbatan mavjud stereotiplar va zamonaviy tilshunoslikdagi ilmiy bahosi ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot lisoniy diskriminatsiya irqiy va gender tengsizligini mustahkamlovchi omillardan biri ekanligini hamda inklyuziv til madaniyatini rivojlantirish zarurligini asoslaydi.