Abstract
Bugungi kunda oliy ta’lim tizimida raqobat muhitining kuchayishi ta’lim muassasalaridan nafaqat yuqori sifatli ta’lim berishni, balki talabalar ehtiyojlarini samarali qondirishga yo‘naltirilgan xizmatlarni rivojlantirishni ham talab qilmoqda. Ayniqsa, xususiy oliy ta’lim muassasalari uchun talabalar qoniqishi va taqdim etilayotgan ta’lim xizmatlari sifati muassasaning bozordagi mavqei hamda raqobatbardoshligini belgilovchi muhim omillardan biri hisoblanadi.
Mazkur tezisda xususiy oliy ta’lim muassasalarining raqobatbardoshligini oshirishda ta’lim xizmatlari sifati va talabalar qoniqishining o‘rni nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Shuningdek, xalqaro ilmiy tadqiqotlarda qo‘llanilgan yondashuvlar asosida oliy ta’lim xizmatlarining asosiy tarkibiy jihatlari, jumladan, akademik xizmatlar sifati, raqamli infratuzilma, professor-o‘qituvchilarning faoliyati va talabalar bilan munosabatlarning ahamiyati yoritiladi.
References
1. Ariyanto, M. W., Zakariyah, M. F., Nafisah, K., & Muaddab, H. (2026). Enhancing student satisfaction through service excellence in higher education administration: A qualitative case study. Journal of Office Administration: Education and Practice, 6(1), 64–83. https://doi.org/10.26740/joaep.v6n1.p64-83
2. Dinh, H.-V. T., Nguyen, Q. A. T., Phan, M.-H. T., Pham, K. T., Nguyen, T., & Nguyen, H. T. (2021). Vietnamese students' satisfaction toward higher education service: The relationship between education service quality and educational outcomes. European Journal of Educational Research, 10(3), 1397–1410. https://doi.org/10.12973/eu-jer.10.3.1397
3. Fatmawati, R., & Murfi, A. (2025). Evaluating academic service quality at Universitas Sains Al-Qur'an Wonosobo: A SERVQUAL-based analysis of student satisfaction and improvement priorities. Global Educational Research Review, 2(1), 1–10. https://doi.org/10.71380/GERR-10-2024-17
4. Lu, Y., & Khan, M. S. (2024). Influence of higher education e-service quality on e-learning student satisfaction as moderated by digital literacy: A mixed-method research approach. RGSA – Revista de Gestão Social e Ambiental, 18(1). https://doi.org/10.24857/rgsa.v18n1-112
5. Nagy, G., András, I., & Konczos Szombathelyi, M. (2024). A new way of measuring the competitiveness of higher education institutions, their (inter)actions and effects on regions: Empirical evidence from Hungary. Journal of Infrastructure, Policy and Development, 8(16), 9672. https://doi.org/10.24294/jipd9672