Abstract
Mazkur maqolada Oʻzbekistonda raqamli bank xizmatlarini rivojlantirishning mohiyati, iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyati hamda uni joriy etish zaruriyati yoritilgan. Raqamli transformatsiya sharoitida bank xizmatlarining zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida takomillashtirilishi, masofaviy bank xizmatlari, mobil ilovalar, internet-banking va elektron toʻlov tizimlarining rivojlanish tendensiyalari tahlil qilingan. Shuningdek, raqamli bank xizmatlarining mijozlarga qulaylik yaratish, operatsion xarajatlarni kamaytirish, moliyaviy xizmatlar ommabopligini oshirish va mamlakat iqtisodiyotining raqamli rivojlanishiga taʼsir etuvchi omillari ko‘rib chiqilgan.