Abstract
Bugungi kunda ta’lim tizimini modernizatsiya qilish jarayonida o‘quvchilarning nafaqat intellektual, balki ijtimoiy rivojlanishiga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu nuqtai nazardan, mazkur maqolada o‘quvchilarda ijtimoiy intellektni shakllantirishning nazariy asoslari, uning psixologik va pedagogik mazmuni hamda shaxs rivojlanishidagi ahamiyati tahlil qilinadi. Xususan, ijtimoiy intellektning tarkibiy komponentlari, o‘quvchilarning muloqot madaniyati, empatiya, ijtimoiy moslashuvchanlik va hamkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi o‘rni yoritiladi. Shuningdek, pedagogik psixologiyaning ijtimoiy intellektni shakllantirishdagi vazifalari, samarali metodlari va strategiyalari ilmiy jihatdan asoslab beriladi. Tadqiqot davomida ijtimoiy intellektni rivojlantirishga xizmat qiluvchi treninglar, rolli o‘yinlar, guruhli faoliyatlar hamda kommunikativ mashg‘ulotlarning ahamiyati ko‘rsatib o‘tiladi. Maqola o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish, sog‘lom munosabatlarni shakllantirish va ta’lim sifatini yuksaltirishda ijtimoiy intellekt muhim omil ekanligini yoritishga qaratilgan.
References
1. O‘zbekiston Respublikasi. “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun. – Toshkent: O‘zbekiston, 2020.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti. O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha ta’lim sohasiga oid farmon va qarorlar to‘plami. – Toshkent, 2022.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi. Ta’lim tizimiga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlar to‘plami. – Toshkent, 2023.
4. Goleman D. Emotional Intelligence: Why It Can Matter More Than IQ. – New York: Bantam Books, 1995.
5. Thorndike E.L. Intelligence and Its Uses. – New York: Harper & Brothers, 1920.
6. Gardner H. Frames of Mind: The Theory of Multiple Intelligences. – New York: Basic Books, 1983.
7. Bar-On R. The Bar-On Model of Emotional-Social Intelligence. – Psicothema, 2006.
8. Salovey P., Mayer J.D. Emotional Intelligence. – Imagination, Cognition and Personality, 1990.
9. Андреева Г.М. Социальная психология. – Москва: Аспект Пресс, 2018.
10. Мудрик А.В. Социальная педагогика. – Москва: Академия, 2017.