Abstract
Bugungi kunda mamlakatimiz ichki va tashqi bozorlaridagi mahsulotlat sifati muhim rol o‘ynamoqda. Bu borada davlat organlari o‘z vakolatlari doirasida yangi reglamentlarni ishlab chiqish va ularni amalda qo‘llash bo‘yicha ham bir qator ishlar olib borilmoqda. Mahsulotlar xavfsizligi va ularni ishlab chiqarish jarayonlari va usullarini belgilab beruvchi muhim hujjatlar bir qancha reglamentlar ishlab chiqilmoqda. Ushbu reglamentlar joriy etilib , amalda qo‘llanilib borar ekan bizning mahsulotlar sifat darajalari yanada takomillashib, Eksport hamda Import tovarlarimizga talab ham oshib boradi. Texnik reglamentlar loyihalarini ishlab chiqarishda Xalqaro standartlar bilan uzviy bog‘liqlikda ishlar olib borilmoqda, bu ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni jahon bozorlariga kirishga to‘sqinlik qilishiga yo‘l qo‘ymaydi. Shu jumladan ushbu maqolamda, Texnik reglamentlar loyihalarini ekspertizadan o‘tkazish ,texnik reglamentlarni ishlab chiqish va qabul qilish tartiblari, davlat nazorati organlari huquqlari, texnik jihatdan tartibga solish bo‘yicha ma’lumotlar, ularni ijro etuvchi hokimiyat organlari, ilmiy tashkilotlar hamda O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqilayotgan texnik reglamentlar va ularning istiqbolli yechimlari borasida bajarilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar keltirib o‘tilgan.
References
Texnik reglamentlarni ishlab chiqish, ularni tasdiqlash, o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish hamda bekor qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomini tasdiqlash haqida” O ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 27.02.2025 yildagi 128-son qarori
2. O‘zbekiston Respublikasining “Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida”gi
2024-yil 28-fevraldagi PQ-91-son qarori.
3. P.M.Matyaqubova , Sh.M.Masharipov, X.Sh.Jabbarov “Fan va texnikada o‘lchashlar noaniqligi” o‘quv qo‘llanma , Toshkent-2021
4. P.I.Kalandarov, G.I.I. “Metrologiya asoslari”. Darslik, Toshkent-2024
5. U.A.Maxmonov, A.M.Tursunov, Sh.Sh.Mirzaxodjayev.
Metrologiya va nazorat o‘lchov asboblari fanidan o‘quv qo‘llanma.
Toshkent.2013-y.
6. httpswww.standart.uz