Abstract
Mazkur maqola ekstraditsiya jarayonida diplomatik kafolatlarning huquqiy tabiati va amaliy samaradorligini inson huquqlarini himoya qilish nuqtayi nazaridan tahlil qilishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda diplomatik kafolatlar tushunchasi, ularning qiynoqlar va o‘lim jazosi xavfi mavjud bo‘lgan holatlardagi qo‘llanilishi hamda non-refoulement prinsipiga nisbatan tutgan o‘rni ilmiy asosda yoritiladi. Muallif diplomatik kafolatlarning xalqaro huquqdagi normativ maqomi, ularning majburiy kuchi va ijro mexanizmlarini Yevropa Inson huquqlari sudi (ECHR) amaliyoti misolida tahlil qiladi. Shuningdek, maqolada diplomatik kafolatlar inson huquqlarini real himoya qilish vositasi sifatida samaralimi yoki ular asosan siyosiy va diplomatik instrumentga aylanib qolayotgani masalasi ilmiy polemika asosida baholanadi. Tadqiqot natijasida diplomatik kafolatlar ekstraditsiya va inson huquqlari o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlashda faqat qat’iy huquqiy mezonlar va samarali monitoring mexanizmlari mavjud bo‘lgan taqdirdagina o‘zini oqlashi mumkinligi asoslab beriladi.
References
1. Bassiouni M. Cherif. International Extradition: United States Law and Practice. Oxford University Press, 2014.
2. United Nations Convention against Torture and Other Cruel, Inhuman or Degrading Treatment or Punishment, 1984.
3. European Court of Human Rights, Othman (Abu Qatada) v. United Kingdom, 2012.
4. European Court of Human Rights, Soering v. United Kingdom, 1989.
5. Nowak M. UN Convention against Torture: A Commentary. Oxford University Press, 2008.