Abstract
Bolalarda surunkali buyrak kasalliklari (SBK) ko‘pincha yashirin kechib, faqat asimptomatik proteinuriya orqali namoyon bo‘ladi. Ushbu ishda bog‘cha yoshidagi bolalar orasida siydikning ekspress-tahlili (DIP-STICK) diagnostik samaradorligi zamonaviy adabiyotlar asosida tahlil qilingan. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, skrining yashirin patologiyalarni erta bosqichda aniqlash imkonini beradi, biroq natijalarning aniqligini oshirish uchun ikki bosqichli diagnostik yondashuv talab etiladi.