IQTISODIY SAMARADORLIKKA TA’SIRINI BAHOLASH ASOSIDA PODSHIPNIK-VAL TIZIMIDA DUMALASH ELEMENTLARI ORASIDA YUKLANISH TAQSIMLANISHINI TAHLIL QILISH
PDF

Keywords

Podshipnik, val, dumalash elementlari, yuklanish taqsimlanishi, radial yuklama, reaksiya kuchi, elastiklik nazariyasi, sharikli podshipnik, rolikli podshipnik, yuklangan zona.

Abstract

Ushbu maqolada podshipnik-val tizimida dumalash elementlari orasida yuklanishning taqsimlanishi hamda uning iqtisodiy samaradorlikka ta’siri o‘rganilgan. Radial yuklama ta’sirida yuklanishning dumalash elementlari orasida notekis taqsimlanishi, yuklangan zona parametrlari va maksimal yuklanadigan elementlar aniqlangan. Elastiklik nazariyasiga asoslanib, kuch va siljishlar orasidagi bog‘lanishlar tahlil qilinib, muvozanat shartlari orqali umumiy reaksiya kuchi ifodalangan.

Tahlil natijalari shuni ko‘rsatadiki, yuklanishning ayrim dumalash elementlarida jamlanishi ularning tezroq yeyilishiga olib keladi. Burchak ortishi bilan yuklanayotgan elementlar sonining kamayishi esa alohida elementlarga tushadigan yukni oshiradi. Shu bilan birga, yuklanish notekisligining podshipnik xizmat muddati, ishonchliligi va ekspluatatsiya xarajatlariga ta’siri iqtisodiy nuqtai nazardan baholangan. Olingan natijalar podshipniklarni optimal tanlash va ulardan samarali foydalanishda muhim ahamiyat kasb etadi.

PDF

References

Ren X., Zhai J., Ren G. / Calculation of radial load distribution on ball and roller bearings with positive, negative and zero clearance // Журнал: International Journal of Mechanical Sciences, 2017.

2. Tomović R. A / New Approach for the Load Calculation of the Most-Loaded Rolling Element of the Rolling Bearing with Internal Radial Clearance // Журнал: Lubricants, 2022.

3. Жильников Е.П., Пилла К.К. / “Распределение нагрузки в коническом подшипнике качения” // Журнал: Известия Самарского научного центра РАН, 2013.

4. Xia Sheng, Beizhi Li, Zhouping Wu, Huyan Li / Calculation of ball bearing speed-varying stiffness // Журнал: Mechanism and Machine Theory, 2014.

5. Xiaofeng Zhao, Shuidian Xu, Tao Xu, Qianqian Xu, Kai Huang / Calculation Method and Experimental Study on Circumferential Total Clearance of Cageless Bearings // Журнал: Lubricants, 2024.

6. J. Tribol, Luc Houpert, Oliver Menck / Bearing Life Calculations in Rotating and Oscillating Applications Open Access // Журнал: American Society of Mechanical Engineers: Digital Collection, 2022.

7. Jing Hu, XiaoLi Qiao, QiongYing Lv, XinMing Zhang, XiaoPing Zhou / Research on a Numerical Calculation for Ball Bearings Based on a Finite Initial Value Search Method // Журнал: Mathematical Problems in Engineering, 2024.

8.Djurayev A. va boshq. Mashina va mexanizmlar nazariyasi // Tashkent-2004, 582 b.

9.Yunusov, S. Z., Kenjayev, S. N., & Makhmudova, S. A. (2023). Shafts of technological machines with combined supports. In E3S Web of Conferences (Vol. 401, p. 01059). EDP Sciences.