Abstract
Mazkur tezisda turizm infratuzilmasini modernizatsiya qilishda davlat-xususiy sheriklik (DXSH) loyihalarini iqtisodiy rag‘batlantirish mexanizmlari tadqiq etilgan. Ishda so‘nggi yillardagi sohadagi o‘zgarishlar tahlil qilinib, mavjud imtiyozlarning samaradorlik darajasi baholangan hamda investitsion jozibadorlikni oshirish to‘siqlari aniqlangan. Tadqiqot natijasida iqtisodiy stimullarni aniq natijadorlik ko‘rsatkichlari (KPI) bilan bog‘lash, risklarni adolatli taqsimlash hamda "yashil" loyihalarni qo‘llab-quvvatlash orqali sohani rivojlantirishning takomillashtirilgan modeli taklif etilgan. Ushbu ilmiy xulosalar turizm industriyasining barqaror o‘sishini ta’minlash va milliy iqtisodiyotda yuqori multiplikativ samaraga erishishda amaliy-uslubiy asos bo‘lib xizmat qiladi.
References
1. O‘zbekiston Respublikasining Qonuni. "Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, 10.05.2019-yildagi O‘RQ-537-sonli.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori. "Respublikaning turizm salohiyatini jadal oshirish hamda mahalliy va xorijiy turistlar sonini yanada ko‘paytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi 26.04.2023-yildagi PQ-135-sonli Qarori.
3. Yescombe, E. R. (2018). Public-Private Partnerships: Principles of Policy and Finance. Elsevier Science.
4. World Bank Group. (2020). Public-Private Partnerships in Tourism: A Guidance Note for Destinations. Washington, DC: World Bank.
5. Ibadullayev, H. I. (2021). Turizm infratuzilmasini rivojlantirishda davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini takomillashtirish. Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi avtoreferati. – Toshkent.