RAQAMLI BUXGALTERIYA VA AVTOMATLASHTIRILGAN HISOB TIZIMLARINING SAMARADORLIGI
PDF

Keywords

raqamli buxgalteriya, avtomatlashtirilgan hisob tizimlari, elektron hisobot, elektron raqamli imzo, moliyaviy samaradorlik, raqamli transformatsiya, moliyaviy nazorat, 1C, UZASBO, ESTAT.

Abstract

Ushbu maqolada raqamli buxgalteriya uslubi zamonaviy iqtisodiyotda tashkilotlarning moliyaviy operatsiyalarini idora etishda qanchalik asosiy qurol ekanligi hamda buxgalteriya jarayonlarini mexanizatsiya qilishning nazariy va amaliy jihatlari ochib berilgan. Bundan tashqari raqamli innovatsiyalardan foydalanish natijasida hisob-kitob ishlarini tez sur’atda bajarish, hujjat muomalasi unumdorligini yuksaltirish, inson omili sabab kelib chiqadigan kamchiliklarni minimallashtirish, boshqaruv qarorlarini qabul qilish bosqichini tezlashtirish imkoni vujudga kelishi qayd etilgan. Shuningdek, 1C, UZASBO, ESTAT singari avtomatlashtirilgan buxgalteriya platformalarining tatbiq etilishi, ularning ustunliklari va raqamli iqtisodiyot tizimidagi mavqei o‘rganiladi. Ilmiy izlanish xulosalari buxgalteriya sohasida raqamli texnologiyalarni tatbiq qilish mehnat unumdorligini oshirish, moliyaviy ma’lumotlar ishonchliligini kafolatlash va korxonalar raqobat qobiliyatini mustahkamlashga zamin yaratishini namoyon etadi. Maqola raqamli buxgalteriya hisobini muvaffaqiyatli joriy etish yuzasidan amaliy ko‘rsatmalar taqdim etishga mo‘ljallangan bo‘lib, mayda va o‘rta tadbirkorlik subyektlari hamda yirik muassasalar uchun maqbul yondashuvlarni ilgari suradi.

PDF

References

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktabrdagi PF-6079-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “Raqamli Oʻzbekiston - 2030” strategiyasi.

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 14.02.2022 yildagi PQ-128-son qarori. “O‘zbekiston Respublikasi davlat budjeti xarajatlarining samaradorligini yanada oshirish va davlat moliyaviy nazorati organlari faoliyatini takomillashtirsh to‘g‘risida”. Kuchga kirish sanasi 15.02.2022.

3. Nobes, C., Alexander, D. (2020). A European Introduction to Financial Accounting. London: Pearson Education.

4. Laudon, K. C., Laudon, J. P. (2022). Management Information Systems: Managing the Digital Firm (16th ed.). Hoboken, NJ: Pearson.

5. Brynjolfsson, E., McAfee, A. (2014). The Second Machine Age: Work, Progress, and Prosperity in a Time of Brilliant Technologies. New York: W. W. Norton & Company.

6. Qurbonov, G‘. (2019). Axborot tizimlari va texnologiyalar asosida buxgalteriya hisobi. Toshkent: Iqtisodiyot nashriyoti.

7. Madaminjonov, A. (2021). Raqamli iqtisodiyot sharoitida buxgalteriya autsorsing xizmatlarining rivojlanishi. Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar, (3), 88–97.

8. O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi statistika ma’lumotlari https://stat.uz/uz/

9. Davlat soliq qo‘mitasi statistika ma’lumotlari https://gov.uz/oz/soliq