Abstract
Ushbu tezisimizda bolalar va o‘smirlar orasida keng tarqalgan surunkali gastrit kasalligining klinik kechishi hamda ambulator-poliklinika sharoitida amalga oshiriladigan kompleks reabilitatsiya tamoyillari tahlil qilingan. Tadqiqotda kasallikning etiologik omillari, jumladan Helicobacter pylori infeksiyasi, ovqatlanish tartibining buzilishi, stress holatlari va boshqa ekzogen hamda endogen omillarning ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, surunkali gastritning asosiy klinik belgilariga epigastral og‘riq sindromi, dispeptik buzilishlar va ovqat hazm qilish tizimi faoliyatidagi o‘zgarishlar kirishi ko‘rsatib o‘tilgan. Reabilitatsiya jarayonida medikamentoz va nomedikamentoz yondashuvlar, parhez terapiyasi, sanator-kurort davolash hamda profilaktik chora-tadbirlarning uzluksizligi muhim ahamiyat kasb etishi asoslab berilgan.
References
1.
Zakirova
U.I. Surunkali gastroduodenit bilan og‘rigan o‘smirlarda reabilitatsiya
tadbirlari. Toshkent, 2018.
2.
Gutsulyak
S.A. Bolalarda surunkali gastritlar. Irkutsk, 2012.
3.
Doskina
V.A., Leshchenko M.V. Ambulator pediatriya. Moskva, 2020.
4.
Melnikova I.Yu., Novikova V.P. Ovqat hazm
qilish tizimi patologiyasi. Rossiya, 2011.
5.
O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining PQ-4887-sonli qarori (2020).
6.
O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining PQ-210-sonli qarori (2022).
7.
MYMEDIC.
Gastrit — sabablari va davolash usullari. www.mymedic.uz
8.
Shavazi
N.M. Bolalar gastroenterologiyasi. Samarqand, 2022.