Abstract
Ushbu tezisda XIX–XX asr birinchi choragida Amudaryoning chap qirg‘og‘i va Orol dengizi deltasi hududida yashovchi qoraqalpoqlarning iqtisodiy hayoti va tabiiy-geografik sharoitga moslashuv mexanizmlari har tomonlama tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi – chorvachilik, baliqchilik va dehqonchilikning birgalikdagi samarali tizimi orqali qanday qilib iqtisodiy barqarorlikka erishilganini, hududning suv resurslari, keng yaylovlari va unumdor yerlaridan maksimal foydalanishni ochib berishdir. Tarixiy manbalar, arxiv hujjatlari va xalq og‘zaki ijodiga tayangan holda, har bir xo‘jalik turi o‘ziga xos xususiyatlari, ularning o‘zaro to‘ldiruvchi roli, iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashdagi ahamiyati va tabiiy muhitga moslashuvning ijtimoiy-madaniy oqibatlari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot qoraqalpoq etnosining o‘ziga xos xo‘jalik modeli zamonaviy ekologik va iqtisodiy muammolarni hal qilishda muhim tarixiy tajriba ekanligini ko‘rsatadi.
References
1. Эркинова Л. Қорақалпоқ тарихи ва маданияти. Нукус, 2015.
2. Абдураҳмонов Н. Амударё водийсида қишлоқ хўжалиги ва халқ ҳаёти. Тошкент, 2018.
3. Қодиров С. Қорақалпоқ маданий мероси ва урф-одатлар. Нукус, 2017.
4. Рахмонов М. Халқ оғзаки ижоди ва тарихий ёдгорликлар. Тошкент, 2016.