IJTIMOIY TARMOQLARDA FRAMING NAZARIYASINING QO‘LLANILISHI: FALASTIN–ISROIL MOJAROSINING YORITILISHI VA AXBOROT SHAFFOFLIGI MASALASI
PDF

Keywords

framing nazariyasi, ijtimoiy tarmoqlar, Falastin–Isroil mojarosi, media diskurs, axborot shaffofligi, algoritmik framing.

Abstract

Mazkur ilmiy maqolada framing nazariyasining ijtimoiy tarmoqlarda qo‘llanilish xususiyatlari hamda Falastin–Isroil mojarosining ushbu platformalarda yoritilish jarayonidagi o‘rni tahlil qilinadi. Tadqiqotda ijtimoiy tarmoqlarning an’anaviy ommaviy axborot vositalaridan farqli jihatlari, xususan, algoritmik tavsiya tizimlari, vizual kontent ustuvorligi va foydalanuvchi ishtirokining framing jarayoniga ta’siri ochib beriladi. Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda yangiliklar shaffofligi masalasi manba, kontent, algoritm va moderatsiya darajalarida ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Maqola natijalari zamonaviy jurnalistika tadqiqotlari, media savodxonlik va ijtimoiy tarmoqlarda axborot siyosatini o‘rganish uchun nazariy hamda amaliy ahamiyatga ega.

PDF

References

1. Entman R. Framing: Toward Clarification of a Fractured Paradigm.

2. Goffman E. Frame Analysis.

3. McCombs M. Setting the Agenda.

4. Reese S. Framing public life.

5. Shoemaker P., Reese S. Mediating the Message.