Abstract
Mazkur ishda Sharq va G‘arb mutafakkirlari merosida shaxs tarbiyasi masalalarining falsafiy-pedagogik mohiyati yoritiladi. Tadqiqotda Yusuf Xos Hojib, Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Alisher Navoiy kabi Sharq allomalari hamda qadimgi yunon va Yevropa ma’rifatchilari ijodida shaxs kamoloti, axloqiy, aqliy, jismoniy va estetik tarbiya tamoyillari qiyosiy tahlil qilinadi. Tadqiqotning dolzarbligi shundaki, mutafakkirlar merosidagi insonparvarlik, komil inson va ma’naviy barkamollik g‘oyalari globallashuv sharoitida “Yangi O‘zbekiston” uchun ma’rifatli, fuqarolik pozitsiyasiga ega yoshlarni voyaga yetkazishda nazariy-metodik asos bo‘lib xizmat qiladi. Ishda tarixiy manbalar tahlili, qiyosiy-pedagogik yondashuv va mazmuniy tahlil usullari asosida sharqona va g‘arbona tarbiya g‘oyalari umumiy hamda o‘ziga xos jihatlari aniqlanib, ularni zamonaviy ta’lim-tarbiya jarayoniga tatbiq etish bo‘yicha ilmiy xulosalar ishlab chiqiladi.
References
1. Xo'jayev N. R. Pedagogika tarixi. – Toshkent: O'qituvchi nashriyoti, 2012.
2. Qodirov A. Sh. Sharq mutafakkirlari pedagogik merosi. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2016.
3. Hasanboeva O. U. Pedagogika nazariyasi. – Toshkent: Ilm-Ziyo, 2013. Forobiy Abu Nasr. Fozil odamlar shahri. – Toshkent: Fan, 1993.
4. Ibn Sino Abu Ali. Tib va falsafa asarlari (tarbiya bo'limi). – Toshkent: Fan, 1980.
5. Yusuf Xos Hojib. Qutadg'u bilig. – Toshkent: G'afur G'ulom Adabiyot va san'at nashriyoti, 1990.
6. Navoiy A. Mahbub ul-qulub. – Toshkent: Fan, 2001.
7. Jumaboyev N. P. Sharq mutafakkirlarining ta'lim-tarbiyaga oid ma'naviy va axloqiy qarashlari. – CyberLeninka ilmiy maqolalar bazasi, 2023.
8. Saydalieva D. Z. Pedagogik faoliyat: Sharq va G'arb mutafakkirlari. – Oriens jurnali, 2024.
9. Arxiv.uz. Sharq mutafakkirlarining ta'lim va tarbiya haqidagi pedagogik qarashlari. – Elektron resurs, 2019.