Abstract
Ushbu maqolada O‘zbekistonning Markaziy Osiyo mintaqasidagi geosiyosiy o‘rni, strategik imkoniyatlari va geografik cheklovlari tahlil qilinadi. Muallif mamlakatning "double-landlocked" maqomi bilan bog‘liq transport-logistika muammolari hamda transchegaraviy suv resurslariga qaramlik masalalarini ilmiy jihatdan yoritib beradi. Maqolada ushbu muammolarning yechimi sifatida O‘zbekiston tomonidan yuritilayotgan "transport diplomatiyasi", "suv diplomatiyasi" va ko‘p vektorli pragmatik tashqi siyosat strategiyalari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, "Anqara – Toshkent" o‘qi va "O‘rta koridor" loyihalarining mintaqaviy barqarorlikdagi ahamiyati ochib berilgan.