Abstract
Mazkur maqolada o‘zbek adabiyotining yetuk namoyandalaridan biri bo‘lgan Nazar Eshonqul hikoyalarida inson ruhiyatining badiiy tasviri tahlil qilinadi. Tadqiqot jarayonida yozuvchining “Shamolni tutib bo‘lmaydi” va “Bepoyon osmon” hikoyalari asosida muallifning falsafiy qarashlari, badiiy tafakkuri hamda obraz yaratish mahorati o‘rganildi. Hikoyalarda qahramonlarning ruhiy kechinmalari orqali o‘tmish va bugun, adolat va zulm, muhabbat va yolg‘izlik kabi hayotiy mavzular badiiy talqin etilganligi yoritildi. Shuningdek, yozuvchi ijodida ramziy tasvirlar, psixologik tahlil hamda inson va jamiyat munosabatlari muhim o‘rin tutishi ko‘rsatib berildi. Tadqiqot natijalari Nazar Eshonqul hikoyalarida inson ruhiyati tasviri zamonaviy o‘zbek nasrining muhim badiiy xususiyatlaridan biri ekanini ko‘rsatadi.
References
Qozoqboy Yo‘ldoshev Yoniq so‘z. Yangi asr avlodi, 2006. 548 b.
2.OʻzME. Husniddinov Z., Ibrohimov N. 20-bet. -T: „Davlat ilmiy nashriyoti“, 2004.
3.Q. Yo‘ldosh, M. Yo‘ldosh Badiiy tahlil asoslari Toshkent – 2016.
4.Nazar Eshonqul Saylanma I. Toshkent: Akademnashr, 2022. – 512 b.
5.Bahodir Karim Ruhiyat alifbosi – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2018. 364 b.
6.Dilmurod Quronov Adabiyot nazariyasi asoslari – Toshkent: Akademnashr, 2018. – 480 b.