Abstract
Bilamizki, innovatsiyalar iqtisodiy o‘sishning muhim omili sifatida zamonaviy iqtisodiyotning asosiy harakatlantiruvchi kuchiga aylanib bormoqda. Ushbu tezisda innovatsiyalarning iqtisodiy o‘sishdagi nazariy va amaliy ahamiyati tahlil qilindi. Xalqaro tajribada Jozef Shumpeterning “ijodiy vayronagarchilik” konsepsiyasi, Pol Romerning endogen o‘sish nazariyasi va so‘nggi Nobel mukofoti sohiblari ishlariga asoslanib, innovatsiyalar texnologik taraqqiyot va bilim kapitali orqali barqaror o‘sishni ta’minlashi ko‘rsatib o‘tildi. O‘zbekiston misolida 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Innovatsion rivojlanish strategiyasi va Global innovatsion indeks (GII) ma’lumotlari asosida mamlakatimizda innovatsiyalarning iqtisodiy o‘sishga ta’siri o‘rganib chiqildi. Tadqiqot ishida muammolar aniqlanib, ularni bartaraf etishga doir bir qancha takliflar berildi. Natijalar innovatsiyalarni iqtisodiy o‘sishning strategik omili sifatida mustahkamlash zarurligini ko‘rsatdi. Tezis O‘zbekiston va xalqaro manbalarga asoslangan bo‘lib, amaliy ahamiyatga egadir.
References
1. The Theory of Economic Development / Joseph Schumpeter. The Theory of Economic Development. Harvard University Press, 1934.
2. Paul Romer. Increasing Returns and Long-Run Growth. Journal of Political Economy, 1986.
3. Paul Romer. Endogenous Technological Change. Journal of Political Economy, 1990.
4. Philippe Aghion va Peter Howitt. A Model of Growth through Creative Destruction. Econometrica, 1992.
5. World Intellectual Property Organization. Global Innovation Index Report. Geneva, so‘nggi nashrlar.
6. World Bank. World Development Report va World Development Indicators. Washington DC.
7. OECD. Innovation, Technology and Growth Reports. Paris.
8. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi. 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Innovatsion rivojlanish strategiyasi. Toshkent, 2022.
9. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi. O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish ko‘rsatkichlari. Toshkent.