Abstract
Maqolada koreys va o‘zbek diskursidagi axloqiy va ijtimoiy baho beruvchi peyorativ murojaatlar semantik, pragmatik va lingvomadaniy jihatdan qiyosiy tadqiq etilgan. Axloqiy va ijtimoiy baho beruvchi peyorativ murojaatlar semantik jihatdan vijdon va halollikni inkor etuvchi, axloqsizlik va betayinlikni bildiruvchi, shuningdek, ijtimoiy mas’uliyatsizlikni ifodalovchi murojaatlarga ajratilib tahlil qilingan.