Abstract
Gender tenglik — bu ayollar va erkaklarning huquqlari, imkoniyatlari hamda masʼuliyatlarining teng boʻlishini anglatadi. Ushbu tushuncha taʼlim olish, mehnat faoliyati, mehnatga haq toʻlash, rahbarlik lavozimlarini egallash, qonun oldidagi tenglik hamda oila va jamiyatdagi munosabatlarda namoyon boʻladi. Gender tenglik “hamma bir xil boʻlishi kerak” degan maʼnoni anglatmaydi, balki har bir inson uchun adolatli va teng imkoniyatlar yaratilishini nazarda tutadi.Shuningdek, gender tengligi ijtimoiy va madaniy taraqqiyotning negizi hamdir.Milliy qonunchiligimizga gender tushunchasi 2019-yil 3-sentabrdagi Oʻzbekiston Respublikasining «Xotin qizlar va erkaklar uchun teng huquqlilik kafolatlari toʻgʻrisida»gi qonun bilan kiritilgan boʻlib,unga koʻra gender – xotin-qizlar va erkaklar oʻrtasidagi munosabatlarning jamiyat hayoti va faoliyatining barcha sohalarida shu jumladan, siyosat, iqtisodiyot,madaniyat va mafkura,taʼlim va ilm-fan sohalarida namoyon boʻladigan ijtimoiy jihati hisoblanadi.Lekin,koʻp holatlarda bu tushuncha notoʻgʻri tushuniladi.Bu ayol va erkaklarning biologik tenglashtirish yokida ayollarning erkaklarda ustunligi, milliy qadriyatlarni ezgʻilash ham emas,balki har bir insonning salohiyatini yuzaga chiqarish uchun imkoniyatdir. Yuqorida taʼkidlanganidek, gendertenglik tushunchasi koʻpchilik orasida notoʻgʻri tushuniladi, ayniqsa ayollar orasida.Erkaklar ayollarga nisbatan jismoniy jihatdan ancha kuchliroq,buni tan olish kerak.Ammo shunday vaziyatlar boʻladiki,ayollarimiz orasida manfaat olib keladigan yaʼnikim moliyaviy yoki shunga oʻxshash masalalarda gendertenglik tushunchasi notoʻgʻri targʻib qilina boshlaydi.Biroq, jismoniy mexnat yoki kuch talab qiladigan ishlarda ayollar bosh tortadigan holatlar kuzatilishi mumkin.Albatta,bu holatda ayollar oʻgʻir jismoniy mexnat qilish kerak degani emas,ammo mexnat va manfaat ham gendertenglik tushunchasiga mos boʻlishi darkor.Ushbu masala yuzasidan chiqarilgan farmoyishlar natijasida nafaqat toʻgʻri targʻibot va qonun ustuvorligini tenglik bilan taʼminlash maqsad qilib belgilangan.
References
1. Lex.uz sayti
2. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi