BAZALT TOLALARI VA ULARNING KIMYOVIY, ISSIQLIK HAMDA MEXANIK XUSUSIYATLARI
PDF

Keywords

bazalt tolalari, kompozit materiallar, issiqlikka chidamlilik, mexanik mustahkamlik, avtomobilsozlik, noorganik materiallar, vulqon jinslari.

Abstract

Bazalt tolalari - vulqon jinslarining tabiiy mineral asosida olinadigan yuqori issiqlikka chidamli, ekologik toza va mexanik jihatdan mustahkam tolali materiallardir. Ular hozirgi zamon kompozit texnologiyalarining ajralmas qismi bo‘lib, avtomobilsozlik, aviatsiya, qurilish va harbiy sanoat tarmoqlarida keng qo‘llanilmoqda. Ushbu maqolada bazalt tolalarining kimyoviy tarkibi, issiqlik xossalari, va mexanik mustahkamlik parametrlari ilmiy tahlil qilindi. Tadqiqot natijalari bazalt tolalarining boshqa armatura tolalari — shisha, uglerod va aramid tolalar bilan solishtirilgan holda baholanishini ko‘rsatadi. Shuningdek, bazalt tolalar asosidagi kompozit materiallarning avtomobil kuzov detallarini ishlab chiqishdagi afzalliklari, energiya tejamkorlikka va massa kamaytirishga ta’siri muhokama qilinadi. Tadqiqotda fizik-kimyoviy tahlil, rentgen fazoviy difraksiya (XRD), elektron mikroskopiya (SEM), va mexanik sinov usullaridan foydalanilgan. Olingan natijalar bazalt tolalarining yuqori issiqlikka chidamlilik (do 760–900°C), past zichlik (2.6–2.8 g/cm³) va katta cho‘zilish mustahkamligi (3000–4800 MPa) bilan ajralib turishini isbotladi. Ushbu maqola, bazalt asosidagi noorganik tolalarning avtomobilsozlikda metall detallarni yengil, korroziyaga chidamli kompozit materiallar bilan almashtirish imkoniyatlarini ilmiy asoslaydi.

PDF

References

1. Абрамов, В. М. Базальтовые волокна и материалы на их основе. — Москва: Машиностроение, 2019. — 285 с.

2. Zhang, Y., Li, P., & Zhao, Q. Thermal and mechanical properties of basalt fiber reinforced composites. // Composite Science and Technology, 2021, Vol. 212, pp. 108–124.

3. Ivanov, D. A. Technology of basalt fiber production and its application in automotive industry. — Saint Petersburg: SPbPU Press, 2019. — 180 p.

4. Shishkin, A. V. Comparative analysis of basalt and glass fibers in polymer matrices. // Journal of Materials Research and Technology, 2020, Vol. 9(4), pp. 8000–8012.

5. Singh, R., Kumar, A., & Patel, M. Experimental investigation of basalt fiber composites for structural applications. // Materials Today: Proceedings, 2022, Vol. 62, pp. 1839–1846.

6. Lee, J. & Cho, H. High-temperature performance of basalt fiber composites for automotive parts. // Composites Part B: Engineering, 2020, Vol. 198, pp. 108223.

7. Трофимов, И. В. Технологические особенности получения непрерывных базальтовых волокон. — Екатеринбург: УГТУ, 2018. — 154 с.

8. Li, X., & Zhao, Y. Mechanical characterization of basalt fiber reinforced epoxy composites under varying strain rates. // Materials Science Forum, 2020, Vol. 1018, pp. 211–218.