QUYI AMUDARYO BIOSFERA REZERVATINING EKOGEOGRAFIK ZONALARINI ANIQLASHDA GEODEZIK O‘LCHOVLAR VA GIS TEXNOLOGIYALARINING INTEGRATSIYALASHGAN TAHLILI
PDF

Keywords

Quyi Amudaryo biosfera rezervati, ekogeografik zonalar, geodezik o‘lchovlar, GIS texnologiyalari, integratsiyalashgan tahlil, ekologik monitoring, raqamli xaritalash.

Abstract

Quyi Amudaryo biosfera rezervati ekologik jihatdan noyob va murakkab landshaft tizimlariga ega hudud bo‘lib, unda tabiiy jarayonlarning monitoringi va ekogeografik zonalarni aniqlash masalasi dolzarb hisoblanadi. Ushbu tadqiqotda geodezik o‘lchovlar hamda GIS texnologiyalarining integratsiyalashgan tahlili asosida rezervat hududining landshaft-strukturaviy xususiyatlari, relyef shakllarining taqsimlanishi va ekogeografik zonalarning chegaralanish qonuniyatlari chuqur o‘rganildi. Geodezik ma’lumotlar hududning aniq fazoviy parametrlarini aniqlashda muhim bo‘lsa, GIS vositalari masofaviy zondlash ma’lumotlari bilan uyg‘unlashgan holda ekologik omillarni kompleks modellashtirish imkonini berdi. Natijada, hududiy monitoringning zamonaviy yondashuvlari asosida Quyi Amudaryo biosfera rezervatining ekogeografik zonalari aniq differensiyalashgan bo‘lib, bu esa hududni barqaror rivojlantirish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ekologik muhofaza strategiyalarini ishlab chiqishda nazariy-amaliy asos bo‘lib xizmat qiladi.

PDF

References

H.U. Bekchanov, M.X. Bekchanov, M.R. Abdullayeva, N.S. Yadgarova — “O‘zbekiston Respublikasi Quyi-Amudaryo davlat biosfera rezervati tangachaqanotlilari” (monografiya)

2. Daljanova N. R., Kochkarova S. A. — “Florani bioekologik tahlil qilish: Quyi Amudaryo biosfera rezervati”

3. D.M. Musaev, G.S. Mirzaeva, Sh.N. Nazarov — “Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati qandalalari (Heteroptera) tur xilma-xilligi”

4. Bekniyazova D.B., Turdibaev Q.P., Ametova N.I., Arzıbaev D.F., Matekova G.A. — “Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati hududida tarqalgan daryo chigirtchisi ekologiyasi”

5. “Amudaryo toʻqaylarining floristik va fitosenotik xilma-xilligi” ekspeditsiya ma’lumotlari: X.F. Shomurodov, H.Q. Esanov va boshqalar

6. “Quyi Amudaryo biosfera rezervati ekologiyasi va ornitofaunasi” — Jibek Reimbayeva