Abstract
Travmatik bosh miya shikastlanishi (TBMS) neyroxirurgiyada eng ko‘p uchraydigan shoshilinch patologiyalardan biri hisoblanadi. Bu holat ko‘pincha avtohalokatlar, yiqilishlar, sport jarohatlari va turli xil zo‘ravonlik oqibatida yuzaga keladi. Shoshilinch neyroxirurgik yordam ko‘rsatish bemorning hayotini saqlab qolish va asoratlarni kamaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Epidural, subdural, intratserebral gematomalar, bosh miya kontuziyalari va diffuz aksonal shikastlanishlarda o‘z vaqtida to‘g‘ri jarrohlik aralashuvi amalga oshirilmasa, yuqori o‘lim ko‘rsatkichlari kuzatiladi. Zamonaviy neyroxirurgik yondashuvlar, jumladan dekompressiv kraniektomiya, gematoma evakuatsiyasi va intensiv neyroreanimatsion yordam samaradorlikni oshirmoqda. Ushbu maqolada travmatik bosh miya shikastlanishida shoshilinch neyroxirurgik yordamning asosiy tamoyillari, qo‘llaniladigan amaliyotlar va ularning samaradorligi yoritiladi.
References
1. Adelson P.D., Kochanek P.M. Head injury in children and adolescents. Neurosurg Clin N Am, 2020.
2. Bullock M.R., Chesnut R., Ghajar J. Guidelines for the surgical management of traumatic brain injury. J Neurotrauma, 2019.
3. Greenberg M.S. Handbook of Neurosurgery. 9th Edition. Thieme, 2020.
4. Ropper A.H., Samuels M.A. Adams and Victor’s Principles of Neurology. 11th Edition. McGraw-Hill, 2019.
5. Jennett B. Epidemiology of head injury. Arch Dis Child, 2018.
6. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash Vazirligi. Travmatik bosh miya shikastlanishini tashxislash va davolash bo‘yicha klinik protokol. Toshkent, 2021.
7. Maas A.I.R., Menon D.K., Adelson P.D. Traumatic brain injury: integrated approaches to improve prevention, clinical care, and research. Lancet Neurology, 2017.
8. Stiver S.I. Complications of decompressive craniectomy for traumatic brain injury. Neurosurg Focus, 2019.