Abstract
Mazkur maqolada gaz ballon bilan jihozlangan dvigatellarning ekologik tozaligi tahlil qilinadi. Ushbu dvigatellar an’anaviy benzin va dizel yoqilg‘isiga nisbatan atmosferaga kamroq zararli gazlar chiqaradi, bu esa ularni atrof-muhitga kam ta’sir qiluvchi transport vositasi sifatida ajratib ko‘rsatadi. Tadqiqotda metan va propan-butan yoqilg‘isining yonish mahsulotlari, havoga chiqariladigan uglerod oksidi, azot oksidi va boshqa zararli moddalarning miqdori o‘rganilgan. Shuningdek, O‘zbekistonda ushbu texnologiyalarning joriy etilish holati, mavjud qonunchilik va amaliyotga doir muammolar ham ko‘rib chiqilgan. Maqola natijalariga ko‘ra, gaz ballonli dvigatellarni keng joriy etish ekologik muhitni yaxshilashda muhim omil bo‘lishi mumkin degan xulosa berilgan.
References
1. Jo‘rayev N. – “Avtomobil dvigatellari va ularning ekologik xususiyatlari” – Toshkent: Fan va texnologiya, 2020.
2. Karimov A. – “Transport vositalarining ekologik xavfsizligi” – Toshkent: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2021.
3. To‘xtayev B. – “Yoqilg‘i turlarining energiya samaradorligi” – Toshkent: Innovatsion texnologiyalar, 2022.
4. Xudoyberdiyev M. – “Atrof-muhit muhofazasi va barqaror rivojlanish” – Toshkent: Ekosan, 2023.