Abstract
Maqolada zamonaviy bank faoliyatidagi turli risk va xavf-xatarlar muammolariga to‘xtalib, ularning banklar uchun muhimligi ta’kidlanadi. Risklar har qanday bank operatsiyasida turlicha ko‘rinishda namoyon bo‘ladi va ularni to‘liq yo‘qotish amalda deyarli mumkin emas. Shu bois banklar uchun risklarni minimallashtirish va ularni samarali boshqarish muhim vazifa hisoblanadi. Maqolada bank risklarining ta’riflari va ularning turli mualliflar tomonidan tushuntirilishi, shuningdek, bank faoliyatidagi risklarning iqtisodiy va siyosiy sabablari, ularning turlari va bank operasiyalariga ta’siri o‘rganiladi. Har bir risk kategoriyasi xarajatlar, zararlar va yo‘qotishlar alohida ko‘rib chiqiladi.