SANOAT KORXONALARNING SAMARALI INVESTITSION FAOLIYATINI AMALGA OSHIRISHGA TA’SIR KO‘RSATUVCHI OMILLAR TAVSIFI
DOI
PDF

Keywords

sanoat, prognoz, investitsiya, potensial, modernizatsiya, venchur kapitali, risk, barqarorlik, moliyaviy xavfsizlik, indikativ ko‘rsatkich.

Abstract

Ushbu maqolada korxonalarning samarali investitsion faoliyatini baholash va investitsion jozibadorligini oshirishga doir muhim nazariy va amaliy jihatlar keng yoritilgan. Muallif korxonalar uchun salohiyatli investorlarni jalb etish va investitsiyalarni samarali boshqarish jarayonida e’tiborga olinishi lozim bo‘lgan asosiy omillarni tizimli ravishda ko‘rsatib bergan. Xususan, tabiiy-geografik, mehnat, moliyaviy, ishlab chiqarish, innovatsion, intellektual, infratuzilma va institutsional salohiyatlar har tomonlama tahlil qilinadi. Shuningdek, chet el adabiyotlaridagi ilg‘or nazariyalar, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar oqimi va investitsiyaviy strategiyalar haqida tahliliy fikrlar berilgan. Investitsiyaviy muhitni yaxshilash, investitsion pasportlar yaratish, zamonaviy infratuzilma va mehnat resurslarini rivojlantirishning iqtisodiy o‘sishga ta’siri asoslab berilgan.

DOI
PDF