Abstract
So‘nggi yillarda innovatsion loyihalarga asoslangan yondashuvlar temir yo‘l transporti tizimini modernizatsiya qilishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ushbu maqolada temir yoʻl orqali yoʻlovchi tashish xizmatlarini takomillashtirishga qaratilgan innovatsion loyihalarning taʼsiri va ularni shakllantiruvchi asosiy omillar tahlil qilinadi. Jumladan, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, ekologik xavfsizlikni taʼminlash, logistika samaradorligini oshirish, transport tizimini raqamlashtirish va avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarining temir yoʻllarda qoʻllanilishi yoritiladi. Shuningdek, yoʻlovchilarning qulaylikka boʻlgan ehtiyojlari, temir yoʻl infratuzilmasining holati, investitsion muhit va davlat siyosatining transport sohasiga taʼsiri muhim omillar sifatida ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot doirasida temir yo‘l transportida innovatsion yondashuvlar asosida xizmat sifatini oshirish bo‘yicha amaliy misollar asosida dalillar keltirilgan.
References
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–60-sonli qarori. “2030-yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekiston temir yo‘l transportini rivojlantirish strategiyasi to‘g‘risida”. 2022-yil 28-fevral.
2. O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi rasmiy veb-sayti — www.mintrans.uz
3. “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ ma’lumotlari — www.railway.uz
4. Karimov, A. (2021). Temir yo‘l transportida raqamlashtirish va logistika jarayonlarini avtomatlashtirish yo‘nalishlari. Toshkent: Transport va innovatsiyalar nashriyoti.
5. Akhmedova, M. R. (2020). Innovatsion texnologiyalarning transport xizmatlariga ta’siri. Ilmiy-amaliy jurnal “Transport islohotlari”, 3(2), 45–52.
6. Toirov, Sh. (2019). Temir yo‘l infratuzilmasini modernizatsiyalash: muammolar va istiqbollar. “O‘zbekiston iqtisodiyoti” jurnali, №4, 33–39.