Abstract
Mazkur maqolada o‘quvchilar kompetensiyasini rivojlantirishda tabiiy fanlarning ahamiyati tahlil qilingan.Kirish qismida XXI asrda zamonaviy jamiyat taraqqiyotida tabiiy fanlarsiz raqobatbardosh inson kapitalini shakllantirish mushkul ekanligi ta’kidlanadi. Metodlar bo‘limida pedagogik tahlil, kuzatuv, suhbat va anketa usullari orqali o‘quvchilarning ilmiy fikrlash, tadqiqot o‘tkazish, xulosa chiqarish hamda ekologik madaniyatni shakllantirish kompetensiyalari baholangani keltiriladi. Natijalar bo‘limida tabiiy fanlar bilan chuqur tanishgan o‘quvchilarda bir qator amaliy va analitik ko‘nikmalar rivojlangani, kimyo, fizika, biologiya kabi fanlar yordamida innovatsion fikrlash shakllangani qayd etiladi. Muhokama qismida esa konstrukтивizm yondashuvi hamda ilmiy metodologiyaning boshqa fanlar bilan integratsiya qilinishidagi ustunliklari ko‘rib chiqiladi. Xulosa bo‘limida tabiiy fanlarning o‘quvchilarni mustaqil izlanishga, muammolarni chuqur tahlil qilishga va tabiatga nisbatan mas’uliyatli munosabatda bo‘lishga o‘rgatuvchi negiz ekani xulosa sifatida takidlangan. Mazkur tadqiqot natijalari tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasini rivojlantirish hamda zamonaviy ta’lim jarayonida innovatsion yondashuvlarni keng joriy etish uchun ilmiy-amaliy istiqbollarni ko‘rsatadi.
References
Abdukarimov T.Tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi: zamonaviy yondashuvlar. – Toshkent: Fan, 2020. – 240 b.
2. G‘ofurov B.Tabiat va jamiyat taraqqiyoti. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2019. – 190 b.
3. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining 2021-yildagi hisobotlari.
– Toshkent, 2022. – 85 b.
4. Tabiiy fanlarni integratsiyalash muammolari / mas’ul muharrir: K.Sh. Karimov. – Toshkent: Fan, 2021. – 320 b.
5. UNESCO.Scientist Education Worldwide. – Paris: UNESCO, 2019. – 145 p.
6. Xodjayev M.Ekologik ta’lim konsepsiyalari // Xalq ta’limi jurnali. – 2021. – №2. – B. 14–23.
7. Yuldashev Q. Kompetent yondashuv va uning pedagogik ahamiyati. – Toshkent: Toshkent davlat pedagogika universiteti, 2020. – 102 b.