MURAKKAB TARKIBLI OLTIN RUDA VA BOYITMALARNI SIANLASHGA TAYYORLASHDA OKSIDLOVCHI KUYDIRISH JARAYONINING ILMIY ASOSLARI
PDF

Keywords

oltin, murakkab tarkibli rudalar, sianlash, oksidlovchi kuydirish, sulfidlarning oksidlanishi, uglerodli birikmalar, termodinamik tahlil, kinetik xususiyatlar, sianid eritmalari, texnologik parametrlar.

Abstract

Mazkur maqolada murakkab tarkibli oltin ruda va boyitmalarni sianlashga tayyorlash jarayonida oksidlovchi kuydirishning ilmiy asoslari tahlil qilinadi. Murakkab tarkibli rudalarda mavjud sulfidli minerallar va uglerodli birikmalarning oltinni sianli eritmada eruvchanligiga ta’siri ko‘rib chiqiladi. Oksidlovchi kuydirish natijasida ruda tarkibida sodir bo‘ladigan fizik-kimyoviy o‘zgarishlar, jumladan, sulfidlarning oksidlanishi, uglerodli moddalarni yo‘qotish va rudaning strukturasida ro‘y beradigan modifikatsiyalar tadqiq etiladi. Shuningdek, kuydirish parametrlarining (harorat, havoning tarkibi, kuydirish vaqti) oltinning keyingi sianlanish jarayoniga ta’siri ilmiy jihatdan asoslanadi. Maqolada ushbu texnologiyaning samaradorligi, jarayonning termodinamik va kinetik jihatlari hamda sanoat miqyosida qo‘llanilishi bo‘yicha tavsiyalar beriladi.

PDF

References

1. Санакулов К., Фузайлов О.У., Кенбаева Ж.А. Mикроволновая обработка сульфидных золотосодержащих концентратов. Горный вестник Узбекистана 2020.

2. Санакулов К., Фузайлов О.У., Кенбаева Ж.А. Исследование золотосодержащей руды месторождения аристантау на упорность и поиск технологий по её переработке. Горный вестник Узбекистана 2020.

3. Санакулов К., Фузайлов О.У. Исследование инкапсуляции золота в маггемите при микроволновом обжиге флотоконцентрата. Горный вестник Узбекистана 2020.

4. Убайдуллаева Д.С., Фузайлов О.У. Исследование гидрометаллургического окисления флотоконцентрата с использованием иона Fe3. NDKTU Iqtidorli talabalar va magistrantlarning III respublika ilmiy-amaliy anjumani 2024.

5. О.У.Фузайлов, Ф.И.Сайфуллаев, И.И.Мажидова, С.Г.Жабборова. Исследование способов интенсификации процесса обжига сульфидных золотосодержащих концентратов с применением микроволнового излучения. Journal of Advances in AND Engineering Technology Vol.2(6) 2022.

6. Aripov A.R., Fuzaylov O.U., Sayfullaev F.I., Qurbonov M.N. Murakkab oltin tarkibli ruda va konsentratlarning maydalanish va sianlanish qobiliyatini yaxshilash uchun mikroto‘lqinli energiyadan foydalanish. Sanoatda raqamli texnologiyalar ilmiy-texnik jurnali December № 2. Qarshi-2023.