Abstract
Mazkur maqolada ingliz tili darslarida animatsion videolar va audiomateriallardan foydalanishning o‘quvchilar leksik kompetensiyasini rivojlantirishdagi didaktik va metodik imkoniyatlari tahlil qilingan. Tadqiqotning dolzarbligi xorijiy til ta’limida lug‘at boyligini samarali shakllantirish, yangi so‘zlarni kontekstda anglash va ularni nutqiy faoliyatda mustaqil qo‘llash zarurati bilan belgilanadi. Tadqiqotda ilmiy-metodik adabiyotlarni tahlil qilish, qiyosiy o‘rganish, umumlashtirish hamda pedagogik modellashtirish metodlaridan foydalanilgan. Animatsion videolarning vizual obrazlar orqali semantik bog‘lanishlarni shakllantirish, audiomateriallarning esa fonetik idrok, tinglab tushunish va so‘zlarni xotirada mustahkamlash imkoniyatlari asoslangan. Shuningdek, multimedia vositalarini dars jarayoniga integratsiyalashning bosqichlari va amaliy mezonlari ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari ingliz tili o‘qituvchilari uchun leksik kompetensiyani rivojlantirishga yo‘naltirilgan metodik tavsiyalarni takomillashtirishda ahamiyatlidir.
References
1. Nation I.S.P. Learning Vocabulary in Another Language. – 2nd ed. – Cambridge: Cambridge University Press, 2013. – 624 p.
2. Montero Perez M. Second or foreign language learning through watching audio-visual input and the role of on-screen text // Language Teaching. – 2022. https://doi.org/10.1017/S0261444821000501.
3. Feng Y., Webb S. Learning Vocabulary through Reading, Listening, and Viewing: Which Mode of Input Is Most Effective? // Studies in Second Language Acquisition. – 2020. – Vol. 42. – № 3. – P. 499–523. – DOI: https://doi.org/10.1017/S0272263119000494.
4. Wei R., Fan L. On-Screen Texts in Audiovisual Input for L2 Vocabulary Learning: A Review // Frontiers in Psychology. – 2022. – Vol. 13. – Article 904523. – DOI: https://doi.org/10.3389/fpsyg.2022.904523.
5. Kurokawa S., Hein A.M., Uchihara T. Incidental Vocabulary Acquisition Through Captioned Viewing: A Meta-Analysis // Language Learning. – 2025. – Vol. 75. – № 4. – P. 939–987. – DOI: https://doi.org/10.1111/lang.12697.
6. Sutton D., Webb S. The Effects of Audiovisual Input on Second Language Learning: A Meta-Analysis // Studies in Second Language Acquisition. – 2026. https://doi.org/10.1017/S0272263126101612.
7. Feng Y., Webb S. Learning Vocabulary in Another Language through Different Modes of Input // Studies in Second Language Acquisition. – 2019. – DOI: https://doi.org/10.1017/S0272263119000494.
8. Dehqanova, G. A., & Polvanova, M. F. (2022). National-cultural specificity of phraseological units in english and uzbek languages. research and education, 1(4).