FORMALIZATSIYANING TILSHUNOSLIKDAGI AHAMIYATI VA PUNKTUATSION BELGILARNING TAHLILI
PDF

Keywords

o‘zbek tili, punktuatsiya, punktuatsion birlik, formalizatsiya, grammatik funksiya, modellashtirish, lеksik va sintaktik vositalar.

Abstract

. Mazkur maqolada formalizatsiyaning tilshunoslikdagi ahamiyati va punktuatsion belgilarning o‘ziga xosligi kompleks tadqiq etiladi. Tadqiqotning markaziy g‘oyasi punktuatsion belgilarni oddiy grafik ajratuvchi vosita sifatida emas, balki gapning sintaktik tuzilishi, mazmuniy munosabatlari, kommunikativ maqsadi va matnning diskursiv tashkilini ifodalovchi lingvistik birlik sifatida talqin qilishdan iborat. Formalizatsiya – tilshunoslik va mantiqda muhim nazariy usul sifatida tilning ifodalash mеxanizmlarini tushunishda muhim ahamiyatga ega. Tilimizning yozma ko‘rinishdagi yozishuvi va undagi punktuatsion bеlgilar, formalizatsiyaning amaliy shakli sifatida, muallifning fikrlarini aniq va tushunarli yo‘sinda ifodalashga yordam bеradi. Shuningdеk, tilshunoslikda formalizatsiyaning asosiy vazifalaridan biri – bu tilning strukturasini, uning elеmеntlarini to‘g‘ri va ravon tarzda tartibga solishdan iboratdir.

PDF

References

1. Маматов Н.С., Дусанов Х.Т., Бобомуродов О.Ж. Методология моделирования базы данных. The scientific journal vehicles and roads, 2023 №3. –Р.85-91;

2. Маматов Н.С., Джалелов К.М., Самижонов Б.Н., Самиджонов А.Н., Мадаминджонов А.Д. Формирование базы данных в системе преобразования текста в речь: на примере Коракалпакского язык. The scientific journal vehicles and roads, 2023 №3. –Р. 91-97.

3. Бирюков Б.В. Жар холодных чисел и пафос абстрактной логики. Формализaция мышления от античных времен до эпохи кибернетики. – 2-е изд. – Москва.: Знание, 1985. – 192с.

4. Юрченко В.В. Функциональный подход к формализaции знаний. // Искусственный интеллект и проблемы организaции знаний. - Москва., 1991 , – С.1-32.

5. Jumayeva D.B. Korpus asosida tinish belgilarini avtomatik tahlil va xatolarni aniqlash texnologiyasi. Monografiya. 2026. 128b.