FASLIY XAVF OMILLARIGA MOSLASHTIRILGAN PROFILAKTIK TADBIRLAR TIZIMI
PDF

Keywords

yong‘in xavfsizligi, fasliy xavf, profilaktika, xavf indikatori, isitish tizimi, elektr yuklamasi, quruq biomassa, harorat, shamol, monitoring, xavf indeksi

Abstract

Maqolada yong‘in xavfsizligini ta’minlashda profilaktik tadbirlarni yil fasllariga xos xavf omillariga mos ravishda tashkil etish masalalari ko‘rib chiqilgan. Yong‘in xavfi yil davomida bir xil shakllanmasligi, qish, bahor, yoz va kuz davrlarida turli texnik, ekspluatatsion va tabiiy omillar ustuvor ahamiyat kasb etishi asoslab berilgan. Qish mavsumida isitish tizimlari va elektr tarmoqlarining yuklanishi, bahorda quruq biomassa va shamol, yozda yuqori harorat va elektr jihozlarining termik yuklanishi, kuzda esa isitish tizimlarini dastlabki ishga tushirish jarayonlari asosiy xavf omillari sifatida qaralgan. Mazkur omillardan kelib chiqib, har bir fasl uchun maqsadli profilaktik tadbirlar kompleksi taklif etilgan. Profilaktik choralarni rejalashtirishda yong‘in xavfi indeksidan foydalanish, obyektlarni xavf darajasi bo‘yicha guruhlarga ajratish hamda tekshiruv va nazorat tadbirlarini ustuvorlik asosida tashkil etish mexanizmi ishlab chiqilgan. Taklif etilayotgan yondashuv profilaktik tadbirlarni umumiy tartibda emas, balki real xavf omillariga moslashtirilgan holda amalga oshirish imkonini beradi.

PDF

References

1. Roads J., Fujioka F., Chen S., Burgan R. NCEP-ECPC monthly to seasonal US fire danger forecasts // International Journal of Wildland Fire. – 2010. – Vol. 19. – P. 399–414.

2. Agbola S.B., Falola O.J. Seasonal and locational variations in fire disasters in Ibadan, Nigeria // International Journal of Disaster Risk Reduction. – 2021. – Vol. 54. – 102035.

3. Li M., Allinson D., He M. Seasonal variation in household electricity demand // Energy and Buildings. – 2018. – Vol. 179. – P. 292–300.

4. U.S. Fire Administration. Residential Building Electrical Fires (2014–2016). – 2018.