Abstract
. Mazkur maqolada boshlang’ich ta’lim jarayonida individual yondashuvni amalga oshirishning zamonaviy va innovatsion shakllari tahlil qilingan. Individual yondashuvning pedagogik mohiyati, o‘quvchilarning individual qobiliyati, qiziqishi, ehtiyoji, o‘zlashtirish sur’ati va psixologik xususiyatlarini hisobga olishdagi ahamiyati yoritilgan. Tadqiqotda individual ta’lim trayektoriyasi, differensial topshiriqlar, adaptiv ta’lim texnologiyalari, loyiha asosida o‘qitish, raqamli ta’lim platformalari, gamifikatsiya, elektron portfolio va sun’iy intellekt asosidagi ta’lim vositalaridan foydalanish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, individual yondashuvni samarali tashkil etishning pedagogik shart-sharoitlari, o‘quvchilar faoliyatini monitoring qilish va natijalarni mezonli baholash masalalariga e’tibor qaratilgan. Individual yondashuvni innovatsion texnologiyalar bilan uyg’unlashtirish boshlang’ich sinf o‘quvchilarining ta’lim motivatsiyasi, mustaqil fikrlashi, ijodkorligi va o‘zlashtirish samaradorligini oshirishning muhim omili ekanligi asoslangan.
References
1. Nishanbayeva E., Latipova M. Boshlang’ich sinfda individual yondashuvning pedagogik ahamiyati // Pedagogik tadqiqotlar jurnali. – 2026. – Vol. 10, No. 1.
2. Xaydaraliyeva D.A. Differensial ta’lim: o‘quvchilarning individual ehtiyojlari va innovatsion texnologiyalarni qo‘llash // Tanqidiy nazar, tahliliy tafakkur va innovatsion g’oyalar. – 2025.
3. Jinayeva D. Individual va differensial yondashuvlarning boshlang’ich ta’lim metodikasi bilan integratsiyasi // Maktabgacha va maktab ta’limi jurnali.
4. Latipova M., Bo‘tayeva S. Boshlang’ich ta’limda individual yondashuv orqali o‘quvchilarning ta’lim natijalarini yaxshilash // Maktabgacha va maktab ta’limi jurnali. – 2026. – Vol. 4, No. 9. – B. 37–40.
5. Akhmadaliyeva M.M. Yangi pedagogik texnologiyalar va AI asoslari asosida boshlang’ich ta’limda differensiallangan yondashuvni tatbiq etish // Universal xalqaro ilmiy jurnal. – 2025. – Vol. 2, No. 4.2. – B. 162–164.
6. Azizxo‘jayeva N.N. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. – Toshkent: O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi, 2006.
7. Mavlonova R., To‘rayeva O., Xoliqberdiyev K. Pedagogika. – Toshkent: O‘qituvchi, 2010.
8. Slavin R.E. Educational Psychology: Theory and Practice. – Boston: Pearson, 2018.
9. Ahmadjonova M. Boshlang’ich ta’limda innovatsion texnologiyalardan foydalanish usullari. – 2024. – B. 42–44.