O‘ZBEK ADABIYOTIDA ARBAINCHILIK AN’ANASINING SHAKLLANISHI VA ZAMONAVIY TARAQQIYOTI
PDF
DOI

Keywords

arbainchilik, arbain, hadis, Navoiy, Jomiy, poetika, an’ana.

Abstract

Mazkur maqolada o‘zbek adabiyotida arbainchilik an’anasining shakllanishi, tarixiy-adabiy ildizlari, taraqqiyot bosqichlari va zamonaviy adabiy jarayondagi o‘zgarishlari tadqiq etiladi. Arbainchilikning Sharq musulmon adabiyotidagi an’anaviy asoslari, hadislarni nazmiy shaklda talqin qilish tamoyillari hamda ushbu an’ananing fors-tojik va turkiy adabiyotdagi rivojlanish xususiyatlari yoritiladi. Xususan, Abdurahmon Jomiy ijodi va Alisher Navoiyning “Arba’in” asari o‘zbek adabiyotida mazkur an’ananing qaror topishida muhim bosqich sifatida tahlil qilinadi. Shuningdek, Navoiydan keyingi davrda Muhayyir ijodida arbainchilikning davom etishi va mustaqillik davri o‘zbek she’riyatida ushbu an’ananing yangicha poetik shakllarda namoyon bo‘lishi ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotda hadis mazmunining badiiy talqini, axloqiy-ma’rifiy g‘oyalar, poetik shakl va zamonaviy estetik yondashuvlar o‘rtasidagi bog‘liqlik ochib beriladi. Natijada arbainchilik an’anasi tarixiy davomiylik va ijodiy yangilanish uyg‘unligida rivojlanib borayotgan adabiy hodisa ekanligi asoslanadi.

PDF
DOI

References

1. Navoiy, A. To‘la asarlar to‘plami. O‘n jildlik. 10-jild: Arba’in. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2013.

2. Dehqonov, A. Arba’innavislik an’anasi va Muhayyir adabiy faoliyati // Oltin bitiglar – Golden Scripts. – 2020. – №2. – B. 15–32.

3. Yusupova, D.R. Turkiy adabiyotda arba’innavislik an’anasi: Alisher Navoiy va Muslihiddin Mustafo Axtariy “Arba’in”lari misolida // Oltin bitiglar – Golden Scripts. – 2023. – Vol. 3, №3. – B. 66–77.

4. Pulatova, M. Sharq mumtoz adabiyotida “Arba’in” yozish an’analari (Jomiy, Navoiy va Fuzuliy asarlari misolida). Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi avtoreferati. – Toshkent, 2020.

5. Pulatova, M. Jomiy, Navoiy va Fuzuliy “Arba’in”larida hadislarning adabiy talqini masalalari // “Alisher Navoiy va XXI asr” 9-uluslararo konferensiya materiallari. – Toshkent–Bursa, 2024. – B. 141–146.

6. Samatova, S. Zamonaviy o‘zbek she’riyatida yaratilgan “Arba’in”larning g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari // IQRO. – 2023. – 3-jild, №1. – B. 492–495.

7. Qudratova, M.Sh. Sirojiddin Sayyid she’rlarida hadislarning badiiy talqini // Zamonaviy filologiyada integratsion jarayonlar: Respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari. – Buxoro, 2020. – B. 267–268.

8. Raimova, S.Z. Diniy-ma’rifiy she’rlarning janr tavsifiga doir // Oriental Renaissance: Innovative, Educational, Natural and Social Sciences. – 2021. – 1-jild, №6. – B. 142–146.

9. Raimova, S. Mumtoz “Arba’in”larning zamonaviy she’riyatga ta’siri va intertekstuallik // Modern Science and Research. – 2024.

10. Qurbonboyeva, M. O‘zbek adabiyotida arbainchilik an’anasi. – Toshkent: Anorbooks, 2025.

11. Olimova, B.O. Mustaqillik davri o‘zbek she’riyatida arbainchilik: tahlil va ta’limiy yondashuvlar // Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya. – 2026. – Jild 5, №16. – B. 130–134.