Abstract
Maqolada Qoraqalpog‘iston Respublikasining janubiy va shimoliy mintaqalari sharoitida kungaboqar navlarini yetishtirishda suv resurslaridan samarali foydalanish va ekinning biologik xususiyatlariga mos maqbul sug‘orish tartiblarini ishlab chiqish masalalari tahlil qilingan. Qoraqalpog‘iston sharoitida yuqori havo harorati, yog‘ingarchilikning kamligi, bug‘lanishning yuqoriligi, tuproq sho‘rlanishi va suv resurslarining cheklanganligi kungaboqar yetishtirish texnologiyasida sug‘orish rejimini ilmiy asoslashni talab etadi. Tadqiqotda kungaboqarning vegetatsiya davridagi suvga bo‘lgan talabi, rivojlanish fazalari bo‘yicha namlikka munosabati, sug‘orish muddatlari va suvdan foydalanish samaradorligini baholashning metodik asoslari yoritilgan. FAO ma’lumotlariga ko‘ra, kungaboqarning mavsumiy suv ehtiyoji umumiy hisobda taxminan 600–1000 mm ni tashkil etishi mumkin. Shu bilan birga, sug‘orishning ayniqsa gullash va urug’to‘lish davrlariga yo‘naltirilishi hosildorlikni saqlash nuqtayi nazaridan muhim hisoblanadi. Maqolada Qoraqalpog‘istonning janubiy va shimoliy mintaqalari uchun tuproq namligini rivojlanish fazalariga qarab 70–80 foiz dala nam sig‘imi darajasida boshqarishga asoslangan differensial sug‘orish modeli taklif etilgan.
References
1. Allen R.G., Pereira L.S., Raes D., Smith M. Crop Evapotranspiration: Guidelines for Computing Crop Water Requirements. FAO Irrigation and Drainage Paper 56. Rome: Food and Agriculture Organization of the United Nations, 1998.
2. Steduto P., Hsiao T.C., Fereres E., Raes D. Crop Yield Response to Water. FAO Irrigation and Drainage Paper 66. Rome: Food and Agriculture Organization of the United Nations, 2012.
3. Erdem T., Erdem Y., Orta A.H., Okursoy H. Responses of sunflower (Helianthus annuus L.) to full and limited irrigation at different growth stages // Field Crops Research. 2004. Vol. 87. P. 167–178.
4. Keipp K., Hütsch B.W., Ehlers K., Schubert S. Drought stress in sunflower causes inhibition of seed filling due to reduced cell-extension growth // Journal of Agronomy and Crop Science. 2020. Vol. 206. P. 517–528.
5. Erdem T., Delibaş L., Şener S., Başay S. Use of a Crop Water Stress Index for Scheduling the Irrigation of Sunflower (Helianthus annuus L.) // Turkish Journal of Agriculture and Forestry. 2006. Vol. 30. P. 11–20.
6. Sinha I., Buttar G.S., Brar A.S. Drip irrigation and fertigation improve economics, water and energy productivity of spring sunflower (Helianthus annuus L.) in Indian Punjab // Agricultural Water Management. 2017.
7. Urazbaev I.K., Khamidov A.M., Khamidova Sh.M. Гидромодульное районирование орошаемых земель Южного Каракалпакстана и оптимальный режим орошения хлопка // Журнал Агро Процессинг. 2021.
8. Bazarbaev I.O. Soil Properties of Using Drip Irrigation Systems at Different Levels of Soil Salinity in the Republic of Karakalpakstan // Academic Research in Modern Science. 2024.
9. Auezbaev A.S. Qoraqalpog‘istonda sug‘oriladigan yerlarning sho‘rlanishining tabiiy-geografik jihatlari // Modern Science and Research. 2024.
10. FAO. Crop Water Needs. Irrigation Water Management Training Manual No. 3. Rome: Food and Agriculture Organization of the United Nations.
11. Howell T.A. Enhancing water use efficiency in irrigated agriculture // Agronomy Journal. 2001. Vol. 93. P. 281–289.