“ONA-BOLA” MAVZUSIDAGI O‘ZBEK XALQ MAQOLLARINING SEMANTIK XUSUSIYATLARI
PDF

Keywords

o‘zbek xalq maqollari, ona-bola, semantika, paremiologiya, konsept, ona obrazi, bola obrazi, oilaviy qadriyatlar, milliy mentalitet, xalq dunyoqarashi, maqol, semantik munosabat.

Abstract

Mazkur maqolada “ona-bola” mavzusidagi o‘zbek xalq maqollarining semantik xususiyatlari tahlil qilinadi. Maqollarda ona va bola o‘rtasidagi mehr-muhabbat, qarindoshlik rishtalari, tarbiya, oila, ona mas’uliyati hamda farzandning ota-onaga munosabati bilan bog‘liq mazmuniy qatlamlar tadqiq etiladi. Shuningdek, “ona” va “bola” konseptlarining o‘zbek xalqining milliy-madaniy dunyoqarashi, ma’naviy-axloqiy qadriyatlari va hayotiy tajribasi bilan aloqadorligi ochib beriladi. Maqollarning semantik tuzilishida antonimik, sinonimik, metaforik va ramziy munosabatlarning namoyon bo‘lishi hamda ularning mazmunni shakllantirishdagi o‘rni aniqlanadi. Tadqiqot natijasida “ona-bola” mavzusidagi maqollar xalqning oilaviy qadriyatlari, milliy mentaliteti va avlodlararo munosabatlarini ixcham va obrazli tarzda ifodalovchi paremiologik birliklar ekanligi asoslanadi.

PDF

References

. Узбек халқ мақоллари. – Тошкент: «Шарк» НМАК бош тахририяти 2005 йил.

2. Хикматнома. Узбекистон энциклопедияси. – Тошкент : Гафур Гуломномидаги Адабиёт ва санъат нашриёти, 1990 йил.

3. Xolmirzayev, Sh. Olis yulduzlar ostida. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1981.

4. Quronov, D. Adabiyot nazariyasi asoslari. – Toshkent: Akademnashr, 2018.

5. Sulton, I. Adabiyot nazariyasi. – Toshkent: O‘qituvchi, 2005.

6. Boboyev, T. Adabiyotshunoslik asoslari. – Toshkent: O‘zbekiston, 2002.