UMUMIY O‘RTA TA’LIM TIZIMIDA RAQAMLI INFRATUZILMA VA ELEKTRON PLATFORMALARDAN FOYDALANISH HOLATINING IQTISODIY-PEDAGOGIK TAHLILI
PDF

Keywords

raqamli transformatsiya, umumiy o‘rta ta’lim, raqamli infratuzilma, elektron platforma, ta’lim sifati, raqamli tafovut, PISA, boshqaruv samaradorligi.

Abstract

Maqolada O‘zbekiston umumiy o‘rta ta’lim tizimining raqamli tayyorgarlik darajasi rasmiy statistika, vazirlik hisobotlari, normativ ko‘rsatkichlar va xalqaro baholashlar asosida tahlil qilingan. Tadqiqotning maqsadi — raqamli infratuzilma hamda elektron platformalar qamrovi bilan ta’lim natijalari o‘rtasidagi nisbatni aniqlash. Ikkilamchi ma’lumotlar tahlili, nisbat va tafovut (gap) tahlili metodlari qo‘llanilgan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, tizimda qamrov ko‘rsatkichlari yuqori (internetga ulanish — 94,8%, onlayn choraklik baholash — 97,13%, eMaktab platformasi — 10 700 dan ortiq maktab), biroq sifat ko‘rsatkichlari ortda qolmoqda: o‘rtacha internet tezligi normativ talabning 28,8 foizini tashkil etadi, maktablarning 69 foizida Wi-Fi zonasi yo‘q, 57 foizi elektron doskaga ega emas. Ayni paytda PISA-2022 bo‘yicha minimal kompetensiya darajasiga erishgan o‘quvchilar ulushi 14–19 foizni tashkil etadi. Xulosa sifatida raqamlashtirish samaradorligini baholashda qamrov ko‘rsatkichlaridan foydalanish intensivligi va o‘quv natijalariga o‘tish zarurligi asoslangan.

PDF

References

1. Maktab. (2026). Qog‘ozsiz maktab: raqamlashtirishning iqtisodiy samarasi. https://emaktab.uz/news/515

2. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi [MMTV]. (2025). 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot. https://uzedu.itsm.uz/uz/lists/4/284

3. Milliy statistika qo‘mitasi. (2026). O‘zbekiston Respublikasida umumiy o‘rta ta’lim, 2025/2026-o‘quv yili boshiga. https://stat.uz/img/news/general-secondary-education_p67901.pdf

4. Mishra, P., & Koehler, M. J. (2006). Technological pedagogical content knowledge: A framework for teacher knowledge. Teachers College Record, 108(6), 1017–1054. https://doi.org/10.1111/j.1467-9620.2006.00684.x

5. OECD. (2023). OECD digital education outlook 2023: Towards an effective digital education ecosystem. OECD Publishing. https://doi.org/10.1787/c74f03de-en

6. OECD. (2023a). PISA 2022 results (Volume I and II): Country notes — Uzbekistan. OECD Publishing. https://www.oecd.org/en/publications/pisa-2022-results-volume-i-and-ii-country-notes_ed6fbcc5-en/uzbekistan_2bb94bf1-en.html

7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti. (2022). Maktabgacha va maktab ta’limini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida: PQ-241-son qarori. https://lex.uz/uz/docs/-6008665

8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti. (2026). Mamlakat taraqqiyotining 2030-yilgacha mo‘ljallangan ustuvor yo‘nalishlari doirasida islohotlarni izchil davom ettirish to‘g‘risida: PF-21-son Farmoni. https://lex.uz/uz/docs/-8050769

9. UNESCO. (2023). Global education monitoring report 2023: Technology in education — A tool on whose terms? UNESCO. https://www.unesco.org/gem-report/en/publication/technology

10. UNICEF Office of Innovation. (2025). Educational technology use in Uzbek schools: Eduten piloting implementation report. UNICEF. https://www.unicef.org/innovation/media/24166/file/Uzbekistan%20Eduten%20Piloting%20Implementation%20Repor25June2025.pdf.pdf