Abstract
Ushbu maqolada Toshkent viloyati Bekobod tumani toponimlarining tarixiy-geografik xususiyatlari hamda ularni Geografik axborot tizimlari (GIS) texnologiyalari asosida kartografik tahlil qilish masalalari yoritilgan. Tadqiqot davomida tuman hududidagi oykonimlar, gidronimlar, oronimlar va mikrotoponimlar tasniflanib, ularning shakllanishiga ta'sir etgan tabiiy, tarixiy va ijtimoiy omillar tahlil qilindi. Shuningdek, GIS texnologiyalari yordamida toponimlarning hududiy tarqalishini aks ettirish, elektron xaritalarni yaratish hamda toponimik ma'lumotlar bazasini shakllantirish imkoniyatlari baholandi. Tadqiqot natijalari Bekobod tumani toponimlarini ilmiy jihatdan tizimli o'rganish, geografik nomlarni saqlash va ulardan ilmiy-amaliy maqsadlarda foydalanishda muhim ahamiyat kasb etadi.
References
Hasanov H. Geografik nomlar siri. – Toshkent: Oʻzbekiston, 1985.
2. Hasanov H. Oʻrta Osiyo joy nomlari tarixi. – Toshkent: Fan, 1965.
3. Nafasov T. Toponimika. – Toshkent: Oʻqituvchi, 2006.
4. Nafasov T. Oʻzbekiston toponimlari izohli lugʻati. – Toshkent: Fan, 1988.
5. Soliyev A. Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya asoslari. – Toshkent: Universitet, 2014.
6. Toshkent viloyati statistika boshqarmasi maʼlumotlari.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining geografik obyektlar nomlari bo‘yicha meʼyoriy hujjatlari.
8. Bekobod tumani hokimligi maʼlumotlari.