Abstract
Mazkur maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablarida strategik rejalashtirishni tashkil etishning o‘ziga xos xususiyatlari ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Strategik rejalashtirishning maktab boshqaruvidagi o‘rni, uning tashkiliy, pedagogik va huquqiy jihatlari yoritilgan. Tadqiqotda strategik rejalashtirishning ilmiylik, tizimlilik, uzluksizlik, moslashuvchanlik, manfaatdor tomonlar ishtiroki hamda natijadorlik tamoyillari asoslab berilgan. Shuningdek, maktab strategiyasining asosiy tarkibiy elementlari, zamonaviy boshqaruv yondashuvlari, raqamli transformatsiya, sun'iy intellekt, Big Data va ma'lumotlarga asoslangan boshqaruv texnologiyalarining strategik rejalashtirish jarayonidagi o‘rni tahlil qilingan. Ichki va tashqi omillarning strategik boshqaruv samaradorligiga ta'siri ochib berilgan hamda umumiy o‘rta ta'lim maktablarida strategik rejalashtirishni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy xulosalar keltirilgan.References
1. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni. O‘RQ–637-son, 2020-yil 23-sentyabr.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi to‘g‘risidagi Farmoni. PF–158-son, 2023-yil 11-sentyabr.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Farmoni. PF–6079-son, 2020-yil 5-oktyabr.
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining umumiy o‘rta ta'lim tizimini rivojlantirishga oid amaldagi qarorlari va me'yoriy-huquqiy hujjatlari.
5. Muslimov, N. X. (2021). Pedagogik menejment. Toshkent: Fan va texnologiyalar.
6. Xodjayev, B. X. (2022). Ta'lim sifati menejmenti. Toshkent: O‘qituvchi.
7. Begimqulov, U. Sh. (2020). Ta'lim tizimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari. Toshkent.
8. Ansoff, Igor H. (1988). The New Corporate Strategy. John Wiley & Sons.
9. Bryson, John M. (2018). Strategic Planning for Public and Nonprofit Organizations (5th ed.). John Wiley & Sons.