Abstract
Ushbu maqolada karbamid-formaldegid oligomeri (KFO) asosida uch komponentli interpolimer komplekslar (IPK) sintez qilish va ularning fizik-kimyoviy xossalarini o‘rganish natijalari keltirilgan. Tadqiqotda KFO natriy karboksimetiltsellyuloza (Na-KMTs) va uchinchi komponent – poliakril kislota (PAK) bilan birgalikda interpolimer kompleks hosil qilish uchun ishlatildi. Sintez qilingan namunalarning tarkibi va tuzilishi infraqizil (IQ) spektroskopiya usuli yordamida o‘rganildi. Fizik-mexanik xossalari, termik barqarorligi va suv shimish qobiliyati aniqlanib, komponentlar nisbatining kompleks xossalariga ta’siri tahlil qilindi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, uch komponentli IPK tarkibiga KFO ning kiritilishi polimer tarmog‘ining zichlashuviga, mustahkamlik va termik barqororlikning ortishiga, suv shimishning esa kamayishiga olib keladi. Olingan kompozitsiyalar qishloq xo‘jaligida, ayniqsa tuproq namlikni saqlash qobiliyatini oshirish va degradatsiyaga uchragan tuproqlarni melioratsiyalashda qo‘llash uchun istiqbolli hisoblanadi.
References
1. Мирзарахимов А.А., Комилов К.У., Курбанова А.Д., Мухамедов Г.И. Модификация интерполимерных комплексов на основе мочевино-формальдегидного олигомера: исследование физико-химических свойств // CyberLeninka. – 2023.
2. Komilov K.У. и др. Приготовление эмульсии интерполимерных комплексов на основе карбамидо-формальдегидного олигомера и ее применение // Universum: химия и биология. – 2025. – 7(133). – DOI: 10.32743/UniChem.2025.133.7.20338.
3. Ramazanov B., Juraeva L., Sharipova N. Synthesis of modified amino-aldehyde oligo(poly)mers and study of their thermal stability // IOP Conference Series: Earth and Environmental Science. – 2021. – Т. 839. – №. 4. – С. 042096.
4. Ivashchenko Y., Mameshov R., Timokhin D. Modification of cement composites by oligomeric products of bicomponent composition // IOP Conf. Ser.: Mater. Sci. Eng. – 2020. – 896. – 012108. – DOI: 10.1088/1757-899X/896/1/012108.
5. Ramazanov B.G. Синтез и изучение важнейших свойств олигомеров на основе аминоальдегидных соединений // Universum: технические науки. – 2020. – №. 3-2 (72). – С. 60-64.
6. Structure and physical–mechanical properties of interpolymeric complexes based on sodium carboxymethylcellulose // Infona. – 2011.