Abstract
Mazkur maqolada o‘quvchilarning ijodiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishda pedagogik metodlarning o‘rni va ahamiyati tahlil qilingan. Ta’lim jarayonida qo‘llaniladigan muammoli ta’lim, aqliy hujum, loyiha metodi, klaster, sinkveyn hamda STEAM yondashuvi kabi zamonaviy pedagogik metodlarning o‘quvchilarning kreativ salohiyatini shakllantirishdagi imkoniyatlari yoritilgan. Shuningdek, ijodkorlikni rivojlantirishning pedagogik-psixologik asoslari, ta’lim muhitining ahamiyati hamda innovatsion texnologiyalardan foydalanishning samaradorligi o‘rganilgan. Tadqiqot natijalari o‘quvchilarning mustaqil fikrlash, muammolarni hal etish, yangicha g‘oyalar yaratish va amaliy faoliyatda kreativ yondashuvni qo‘llash ko‘nikmalarini rivojlantirishda interfaol metodlarning muhim ahamiyat kasb etishini ko‘rsatdi. Maqolada ijodkorlikni rivojlantirishga xizmat qiluvchi pedagogik faoliyatni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
References
1. Lev Vygotsky. Thought and Language. MIT Press, 1986.
2. Tolipov O‘., Usmonboyeva M. Pedagogik texnologiyalar. Toshkent, 2020.
3. Ishmuhamedov R. Innovatsion pedagogik texnologiyalar. Toshkent, 2021.
4. Azizxo‘jayeva N. Pedagogik mahorat va texnologiyalar. Toshkent, 2019.
5. Muslimov N. Kasbiy pedagogika. Toshkent, 2022.
6. O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni. 2020.