JAMIYATDA SIYOSIY ONGNI SHAKLLANTIRISHDA SIYOSIY PUBLITSISTIKANING O‘RNI: JADID VA ZAMONAVIY MATBUOT TAHLILI
PDF

Keywords

jadidchilik, siyosiy publitsistika, milliy davlatchilik, siyosiy tahlil, analitik salohiyat, ommaviy axborot vositalari, kontent-analiz, qiyosiy tahlil, ijtimoiy ong, publitsistik meros

Abstract

Mazkur maqolada siyosiy publitsistikaning milliy davlatchilik g‘oyalarini shakllantirishdagi analitik salohiyati jadid matbuoti va zamonaviy publitsistik materiallar qiyosi asosida tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida jadidchilik harakati vakillari, xususan Mahmudxo‘ja Behbudi va Cho‘lpon publitsistikasi o‘rganilib, ularning jamiyatda siyosiy ong va milliy tafakkurni shakllantirishdagi o‘rni yoritildi. Shuningdek, zamonaviy publitsistik materiallar asosida bugungi ommaviy axborot vositalarining siyosiy jarayonlarga ta’siri tahlil qilindi. Tadqiqotda qiyosiy-tahliliy, kontent-analiz va tarixiy yondashuv metodlaridan foydalanildi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, jadid publitsistikasi milliy davlatchilik g‘oyalarining shakllanishida muhim nazariy asos bo‘lib xizmat qilgan, zamonaviy publitsistika esa ushbu an’ananing yangi bosqichdagi davomidir. Maqolada siyosiy tahlilchilar tayyorlash jarayonida milliy publitsistik merosdan foydalanish zarurligi asoslab beriladi.

PDF

References

1 Pidayev T., Matbuot – millat chirogʻi, T., 1999; Abduazizova N., Turkiston matbuoti tarixi (1870 – 1917), T., 2000

2 Prezident «Yangi O‘zbekiston» va «Uchinchi Renessans» iboralariga izoh berdi: https://www.xabar.uz/uz/siyosat/yangi-ozbekiston-va-uchinchi-renessans

3 “Oyna” jurnali, 1913 yil, 1-son, 12-14-betlar.

4 1914–yil “Sadoi Farg‘ona” gazetasining 6-iyundagi soni