Abstract
Ushbu maqolada Said Ahmadning “Jimjitlik” romani misolida psixologik tahlil metodining badiiy-estetik xususiyatlari tadqiq etilgan. Asarda inson ruhiyati, ichki kechinmalar, vijdon azobi, ruhiy ziddiyat va maʼnaviy izlanishlarning badiiy talqini Tolib, Mirvali hamda Jayrona obrazlari misolida tahlil qilingan. Shuningdek, yozuvchining ichki monolog, psixologik parallelizm, badiiy detal va sukut poetikasidan foydalanishdagi mahorati yoritilgan. Tadqiqot natijasida “Jimjitlik” romani o‘zbek psixologik nasrining muhim namunalaridan biri ekani asoslab berilgan.
References
1. Said Ahmad. Jimjitlik: roman. – Qayta ishlangan nashr. – Toshkent: Oʻzbekiston NMIU, 2008. – 280 b.
2. Ахмедова Ш. Саид Аҳмаднинг ҳажвий маҳорати. Филол.фанлари номзоди ... дис. автореф. – Тошкент, 1994, – 23 б.
3. Xurramov J.N. Jimjitlik romanida shaxs psixologiyasi qonuniyatlarining voqelanishi // Central Asian Journal of Academic Research. – 2025. – Vol. 3, Issue 05, Part 2. – B. 70–73.