Abstract
Mazkur maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 4–5 yoshli bolalar nutqini rivojlantirishda korreksion-interfaol metodlarning pedagogik ahamiyati hamda kognitiv jarayonlar bilan uzviy bog‘liqligi yoritilgan. Nutq buzilishlarini bartaraf etishda faqat tovush talaffuzini shakllantirish emas, balki bolaning diqqat, xotira, tafakkur, idrok va tasavvur kabi bilish jarayonlarini faollashtirish zarurligi ilmiy-pedagogik asosda tahlil qilingan. Shuningdek, interfaol o‘yinlar, sensor mashqlar va kommunikativ metodlarning lug‘at boyligini oshirish, mustaqil fikrlashni rivojlantirish hamda ijtimoiy moslashuvni ta’minlashdagi samaradorligi ko‘rsatib berilgan. Maqolada logoped va tarbiyachining hamkorlikdagi faoliyati nutqiy korreksiya jarayonining muhim omili sifatida talqin etilgan.
References
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 13-oktyabrdagi PQ–4860-son qarori “Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktyabrdagi 638-son qarori “Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim berishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”.
3. Ilk qadam. Davlat o‘quv dasturi. Toshkent, 2022.
4. Inklyuziv ta’lim. Gospital pedagogika. X.A. Israilova, 2025.
5. Pedagogika nazariyasi va tarixi. D.A. Axatova, F.O. Xodjiyeva, F.X. Aminova. Toshkent, 2023.