ABDULLA QAHHOR ASARLARIDA IJTIMOIY REALIZM VA PSIXOLOGIK REALIZM SINTEZI
PDF

Keywords

Abdulla Qahhor, ijtimoiy realizm, psixologik realizm, sintez, badiiy detal, “kichik odam” obrazi, realizm uslubi, badiiy mahorat, hikoyanavislik, konflikt, psixologizm.

Abstract

Ushbu maqolada taniqli o‘zbek adibi Abdulla Qahhor ijodida ijtimoiy va psixologik realizm tamoyillarining o‘zaro sintezi tadqiq etiladi. Adib asarlarida ijtimoiy muhit ziddiyatlari shunchaki tashqi fon sifatida emas, balki qahramonlar ruhiyatini shakllantiruvchi va o‘zgartiruvchi asosiy omil sifatida tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida “Anor”, “Bemor” hamda “O‘g‘ri” hikoyalari misolida “kichik odam” fojiasi, ijtimoiy adolatsizlikning inson ichki olamidagi aks-sadosi va Qahhorga xos realizm uslubi yoritib beriladi. Maqolada yozuvchining badiiy detallar orqali personajlar ruhiy holatini ochib berish mahorati hamda ijtimoiy muammolarni chuqur psixologik tahlil darajasiga ko‘tarishdagi o‘ziga xos yondashuvi ilmiy asosda tahlil etiladi. Mazkur sintez Qahhor asarlarining davrlararo badiiy va estetik ahamiyatini ta’minlovchi muhim omillardan biri ekanligi xulosalanadi.

PDF

References

1. Qahhor, A. Tanlangan asarlar. 3 jildlik. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi NMIU, 2015-2018.

2. Qo‘shjonov, M. Abdulla Qahhor mahorati. – Toshkent: Adabiyot va san’at nashriyoti, 1988.

3. Sharafiddinov, O. Abdulla Qahhor. – Toshkent: Yosh gvardiya, 1988.

4. Normatov, U. Qahhorni anglash. – Toshkent: Universitet, 2002.

5. Normatov, U. Mahorat sirlari. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1979.

6. Karimov, N. Abdulla Qahhor: Hayoti va ijodi. – Toshkent: Ma’naviyat, 2007.

7. Yo‘ldoshev, Q. Yoniq so‘z. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2006.

8. Sultonova, M. Abdulla Qahhor uslubining taraqqiyoti. – Toshkent: Fan, 1987.