Abstract
Mazkur maqolada ta’lim jarayonida jamoaviy munosabatlarni tashkil etishning nazariy va amaliy asoslari hamda ularning o‘quvchi yoshlar shaxsiy sifatlarini rivojlantirishdagi ahamiyati yoritilgan. Tadqiqotda jamoa o‘quvchi shaxsining ijtimoiy faolligi, mas’uliyati va muloqot madaniyatini shakllantiruvchi muhim pedagogik muhit sifatida tahlil qilinadi. Jamoaviy ishni tashkil etish tamoyillari, shakl va usullari hamda pedagogik boshqaruv mexanizmlari nazariya va amaliyot uyg‘unligida ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijalari jamoaviy munosabatlarni maqsadli tashkil etish o‘quvchilarda mas’uliyat, hamkorlik va ijtimoiy faollik kabi shaxsiy sifatlarning samarali rivojlanishiga xizmat qilishini ko‘rsatadi.
References
1. Mo‘minov S., Axmedova Sh., Alimova G. Inklyuziv ta’limning barcha subyektlari uchun psixologik-pedagogik va rivojlantirishga yo‘naltirilgan texnologiyalarni ishlab chiqish va takomillashtirib borish: nomli metodik tavsiya. – Toshkent: O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi, 2022. – B-
2. Mamatkulov D. M. Ta’lim-tarbiya jarayonida pedagogik texnologiyalar. – Toshkent: Jamoat xavfsizligi universiteti nashriyoti, 2024. – B-10.
3. Sirojiddinova I. M., Pulatova O. X. Kasbiy psixologiya: o‘quv qo‘llanma. – 2021. – B-66.
4. Çınar İ. An examination of student club activities from the perspective of school principals and teachers // World Journal of Education. – 2019. – Vol. 9, No. 4. – P-123.
5. Kenjaboyev A. E., Karimova B. X. Pedagogik menejment asoslari. – Termiz, 2023. – B-47.