GIBRID TRANSPORT VOSITALARINI UTILIZATSIYA QILISH ZARURIYATI VA UNING OLDINI OLISH SHARTLARI
PDF

Keywords

Gibrid transport vositalari, litiy-ion akkumulyatorlar, utilizatsiya, gidrometallurgiya, Second-life, aylanma iqtisodiyot, energiya samaradorligi, O‘zbekiston avtomobil bozori.

Abstract

Gibrid transport vositalari akkumulyatorlarini utilizatsiya qilish zaruriyati va "Ikkinchi hayot" (Second-life) konsepsiyasining iqtisodiy samaradorligi: O‘zbekiston misolida.Ushbu maqolada gibrid va elektr transport vositalari akkumulyatorlarini utilizatsiya qilishning dolzarbligi ekologik xavfsizlik, resurslarni qaytarish va texnik xavfsizlik nuqtayi nazaridan tahlil qilingan. Tadqiqotda rivojlangan davlatlarning utilizatsiya sohasidagi uch bosqichli evolyutsion tajribasi — xavfli chiqindi sifatida ko‘rishdan tortib, zamonaviy gidrometallurgiya va "yopiq sikl" (Circular Economy) tamoyillarigacha bo‘lgan yo‘li o‘rganilgan.

Maqolaning markaziy qismida O‘zbekistonning ortib borayotgan elektromobil bozori (BYD, Leapmotor va h.k.) uchun eng maqbul yechim sifatida "Second-life" (Ikkinchi hayot) konsepsiyasi taklif etiladi. Muallif tomonidan keltirilgan matematik model va iqtisodiy tahlil shuni ko‘rsatadiki, eskirgan gibrid batareyalaridan statsionar energiya saqlash tizimlarida foydalanish yangi akkumulyator sotib olishga qaraganda 2.5–3 baravar arzonroq tushadi. Maqola yakunida rivojlangan davlatlar tajribasini (EPR tizimi, avtomatlashtirish, materiallar qaytishi) mahalliy sharoitga tatbiq etish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar berilgan.

PDF

References

1. Melnikov, A. V. (2024). Ekonomika vtorichnogo ispolzovaniya litievix batarey v selskix regionax. Moskva: Politex.

2. Statista Research Department. (2025). Market value of second-life electric vehicle batteries worldwide 2020-2030. New York.

3. Yusupov, Sh., & Toshmatov, Z. (2026). O‘zbekiston energetika tizimida akkumulyatorli rezervlarning roli. Toshkent: Iqtisodiyot va moliya nashriyoti.

4. International Journal of Energy Research. (2025). "Cost-benefit analysis of repurposed EV batteries for residential storage". Vol. 49, Issue 4.